Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 8-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 21 may kuni Bulung‘ur tumanida Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tumandagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xo‘jalik mudirlariga o‘quv-amaliy seminar o'tkazildi.Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil etish to‘g‘risida”gi 626-sonli qarori ijrosi bo‘yicha xo‘jalik mudirlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Tumandagi 8-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xo‘jalik mudiri J.Bozorboyev tomonidan “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazdi. Seminar qatnashchilari o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi o‘zlari uchun reja va vazifalar belgilab olishdi. O‘tkazilgan o‘quv amaliy seminarda, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi masul xodimlari,davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va xo‘jalik mudirlari ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 22/05/2021 08:07;   Ko‘rilganligi: 29
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-8-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 02:15