Bulungʼur tumanidagi 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlda 8-mart – Xalkaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlangan bayram tadbiri oʼtkazildi.
Аyollarni, qizlarni bohorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Goʼzallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygʼunlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami goʼzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Shu munosabat bilan Bulungʼur tumanidagi 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 8-mart – Xalkaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlangan bayram tadbiri oʼtkazildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan ajoyib saxna koʼrinishlari, kuy-qoʼshiqlar, raqslar ijro etildi. Bunday tadbirlar tumandagi boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xam davom etmoqda.
Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2021 16:37; Ko‘rilganligi: 29
Chop etilgan vaqti: 23/04/2021 17:36