Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Navoiyni yod etib” mavzusida navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi. 06.02.2020yil

Kelajagimiz sanalmush farzandlarimiz qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz, xususan, ona tilimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishda Alisher Navoiy ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugun o‘tkazilgan “Navoiyni yod etib” mavzusidagi navoiyxonlik kechasida  bolalar tomondan aytilgan g‘azallar, ijro etilgan kuy va raqslar, ayniqsa bolalar tomonidan  Alisher Navoiyning yoshligidan kichik saxna ko‘rinishlari xammaga manzur bo‘ldi.

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kecha milliy ruxda o‘tdi. Tadbirda  maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.U.Go‘bayeva, bo‘lim xodimlari, bir gurux ota onalar ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 06/02/2020 18:28;   Ko‘rilganligi: 315
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-2-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-buyuk-mutafakkir-shoir-alisher-navoiy-tavalludiga-bagishlab-navoiyni-yod-etib-mavzusida-navoiyxonlik-kechasi-otkazildi-06022020yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:31