Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 2-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 2 iyun kuni Bulung‘ur tumanida Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tumandagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xamiralariga o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri xamshiralarning bajariladigan asosiy vazifalari, ular tomonidan yuritiladigan me'yoriy xujjatlar tartibi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Seminar qatnashchilari o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi o‘zlari uchun reja va vazifalar belgilab olishdi. O‘tkazilgan o‘quv amaliy seminarda, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi masul xodimlari,davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va xamshiralari ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 02/06/2021 23:32;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-2-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 03:09