Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 17-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 9 iyul kuni Bulung‘ur tumanidagi 17-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Maktabgacha ta'lim vazirining “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘i asosida “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida boshqaruv hujjatlari hamda metodistlarning ish hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim - inson hayoti davomidagi uzluksiz ta'limning birinchi bosqichi sifatida belgilangan. Shunday ekan, sifat va samaradorlikka erishish uchun guruhlarda o‘quv-metodik, badiiy adabiyotlar, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar asosida bola faoliyatini tashkil etish zarur bo‘ladi. Guruhlarda faoliyat markazlarining to‘laqonli jihozlanishi bolalar faoliyatini quvonchli jarayonlarga aylantiradi, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida belgilangan mavzularni yengil o‘rganish imkoniyati yaratiladi hamda ko‘nikma, bilim va malakalarni sifatli o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi. Ko‘zlangan maqsadga erishish esa pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.

Seminar qatnashchilari dastlab “Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti boshqaruv hujjatlarini yuritish tartibi” va “Metodistlarning ish hujjatlarni yuritish tartibi” mavzusida ma'ruzalarni tinglashdi. So‘ngra seminar ishtirokchilarining bilim ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar va 17-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan namunaviy chiqishlar namoish etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri maktabgacha ta'lim tizimida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, pedagog xodimlar o‘zlarining ish hujjatlarini yuritish tartibi, bolajonlarning bilim ko‘nikmalarini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. O‘tkazilgan o‘quv amaliy seminarda, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi masul xodimlari,davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 09/07/2021 21:31;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-17-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:47