Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 16 sonli maktabgacha tashkilotida “Mehrjon” bayrami bo‘lib o‘tdi. 21.11.2019 yil

Joriy yilning 21 noyabr sanasida Bulung‘ur tumanidagi 16 sonli maktabgacha tashkilotida  “Mehrjon” bayrami bo‘lib o‘tdi. Betakror kuz fasli tarovati uning   oltin fasl ekanligini anglatish maqsadida  “Mehrjon” bayrami o‘tkazildi.  Bolajonlar tomonidan tayyorlagan ertaklar, kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Yurtimizni betakrorligi hamda jannatmakon Vatanda yetishtirilayotgan noz-ne'matlarga boyligi  ushbu tadbirda yaqqol nomoyon bo‘ldi. Bunday tadbirlar barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tantanali o‘tkazilib kelinmoqda.


Kiritilgan vaqti: 21/11/2019 12:52;   Ko‘rilganligi: 463
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-16-sonli-maktabgacha-tashkilotida-mehrjon-bayrami-bolib-otdi-21112019-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:48