Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 12-MTTda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 04.02.2021yil

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida adolatparvarlik, sahiylik, ezgulik va sadoqatni yuqori baholaydi va barchani shunday fazilatlar sohibi bo‘lishga chorlaydi. Bulung‘ur tumanidagi 12-MTTda tashkil etilgan tadbirda bolajonlar Navoiy hayoti va ijodiyotiga doir dastlabki ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.

Tarbiyalanuvchilar tomonidan mutafakkir bobomizning hayoti va faoliyatiga doir sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qishdi. Tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam tadbirlar davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 04/02/2021 16:52;   Ko‘rilganligi: 145
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-12-mttda-alisher-navoiy-tavalludining-580-yilligiga-bagishlangan-tadbir-bolib-otdi-04022021yil
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 06:55