Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.26.02.2020yil

Joriy yilning 26 fevral kuni Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  3-sektor raxbari B.Jo‘raqulov, 4-sektor raxbari Sh.Sindarov xamda  MTT larida tashkil etilgan yoshlar yetakchilari va MTT raxbarlari  ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva kirish  so‘zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni ma'naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini, “Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatli. Yoshlarni bolaligidanoq sportga, san'atga, til o‘rganishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish borasida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar esa kelajakda o‘z samarasini berishini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan sung bolajonlarni 5 tashabbus bo‘yicha adabiyot, san'at va sportga bo‘lgan qiziqishlarida  o‘z iqtidorlarini namoyish etish bilan birga tasviriy san'at asarlari, bolajonlar tomonidan tayyorlangan milliy qo‘g‘irchoqlar va liboslar ko‘rgazmalari chiqishlari hamda ular ishtirokidagi kuy, qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarda katta ta'surotlar qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 26/02/2020 16:51;   Ko‘rilganligi: 429
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanidagi-1-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-besh-tashabbus-besh-imkoniyat-shiori-ostida-tadbir-otkazildi26022020yil
Chop etilgan vaqti: 29/07/2021 20:22