Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni Bulung‘ur tumanidagi 8-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste'dodli va o‘z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab quvvatlash va ularning mexnatini rag‘batlantirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni aks ettiruvchi materiallari va ijodiy ishlari bilan qatnashishdi. Tanlov komissiyasi tomonidan barcha ishtirokchilarning chiqishlari munosib baxolandi. Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan quyidagi “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi g‘oya muallifi”, “Moxir qo‘l ustasi” nominatsiya g‘oliblari aniqlanib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/06/2021 22:46;   Ko‘rilganligi: 112
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 06:10