Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.14.02.2020 yil

Joriy yilning 14 fevral kuni Bulung‘ur tuman maktabgacha  ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 8-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori  “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada  takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi o‘quv amaliy  seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy, aqliy nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish, korreksion ishlarni tashkil etish maqsadida maxsus guruxlarni tashkil etish bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi hamda seminar ishtrokchilari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi Ma'naviy-axloqiy tarbiya, maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va reabilitatsiya qilish bo‘limi mutaxassisi R.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva, tuman prokurori o‘rinbosari R.Baxriddinov  hamda tuman (shahar) maktabgacha bo‘limlarini Ma'naviy-axloqiy tarbiya, maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va reabilitatsiya bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.


Kiritilgan vaqti: 14/02/2020 16:20;   Ko‘rilganligi: 401
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasining-oquv-amaliy-seminari-bolib-otdi14022020-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:41