Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi.06.02.2021yil

Joriy yilning 6 fevral kuni Bulung‘ur tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099 sonli Farmoni ijrosini joylarda keng jamoatchilikka tadbiq etish maqsadida, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bilan hamkorligida sport bellashuvlari o‘tkazildi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o‘tkazilgan o‘rtoqlik bellashuvlarida tumandagi 16 va 23 sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari sportning yugurish va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Murosasiz, qizg‘in kechgan bahsda umumjamoa hisobida 23 maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida xar ikki jamoaning faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 06/02/2021 17:50;   Ko‘rilganligi: 201
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-sportni-sev-sport-bilan-yasha-shiori-ostida-maktabgacha-talim-tashkilotlari-xodimlari-ortasida-bellashuv-bolib-otdi06022021yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:27