Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana 4 taga ko‘paydi.

Joriy yilning 21 iyun kuni Bulung‘ur tumanining Nebo‘sa, Mingtepa va Yangiariq mahallalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi. Ushbu tashkilotlarning ochilish marosimida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi vakillari va mahalla faollari ishtirok etib muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarda xotin-qizlar ish bilan ta'minlanib, yuz nafar bolalarni sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratildi.


Oxirgi o‘zgarish: 22/06/2021 12:56;   Ko‘rilganligi: 84
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-soni-yana-4-taga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:04