Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni yana 3 taga ko‘paydi,03,10,2019

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Bulung‘ur tumanining Beshkuvi, Xo‘jabacha va Changal-1 mahallalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar D.Kultayeva, E.Ashurov, X.Azimovalar tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etildi.

Ushbu muassasalarning ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva, tuman oila markazi rahbari Z.Aliqulova hamda otaxonlar, onaxonlar, mahalla faollari ishtirok etib muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Mazkur  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarda xotin-qizlar ish bilan ta'minlanib, yetmish besh nafar bolalarni sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratildi.


Oxirgi o‘zgarish: 07/10/2019 16:30;   Ko‘rilganligi: 298
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-soni-yana-3-taga-kopaydi03102019
Chop etilgan vaqti: 08/05/2021 04:09