Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni yana 2 taga ko‘paydi.11.01.2020

Joriy yilning 11 dekabr  kuni Bulung‘ur tumanining Mingtepa va Chorbog‘ mahallalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar Z.Norjigitova va S.Usmonovlar tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etildi. Ushbu muassasalarning ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva hamda mahalla faollari ishtirok etib muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Mazkur  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarda xotin-qizlar ish bilan ta'minlanib, ellik  nafar bolalarni sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratildi.


Kiritilgan vaqti: 11/01/2020 16:41;   Ko‘rilganligi: 323
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-soni-yana-2-taga-kopaydi11012020
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 01:40