Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida maktabgacha ta'lim tizimida "Mijoz har doim haq" tamoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, "Korrupsiyaning salbiy oqibatlari" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Maktabgacha ta'lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, sohada ijtimoiy muhitni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, davlat mulki va byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. B.Mamirov, ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i G‘.Babaxolov, tuman hokimining maslahatchisi G‘.Shamanov hamda tumandagi tizimga aloqador barcha rahbar va mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tizimida “Mijoz har doim haq” tamoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar xususida so‘z yuritildi.Shuningdek, seminar davomida tumanda sohada uchrayotgan muammolar tahlil qilindi va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.


Oxirgi o‘zgarish: 28/05/2021 23:23;   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-maktabgacha-talim-tizimida-mijoz-har-doim-haq-tamoyili-asosida-fuqarolar-murojaatlari-bilan-ishlash-korruptsiyaning-salbiy-oqibatlari-mavzusida-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 02:28