Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida maktabgacha ta'lim sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 03.02.2020 yil

Joriy yilning 3 fevral kuni maktabgacha ta'lim bo‘limi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig‘i Sh.J.Raxmonov ishtirok etib, maktabgacha ta'lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020 yil 24 yanvardagi Murojaatnomasi mazmun mohiyati targ‘ib qilindi.

Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi yoshlar uchun ta'lim olish xamda malaka va tajriba oshirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Yig‘ilishda Bulung‘ur tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati, olib borilayotgan islohotlar, tizimda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tumandagi barcha davlat, nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari, metodistlari, maktabgacha ta'lim bo‘limi apparati xodimlari, shuningdek tarbiyalanuvchi bolalarning ota onalari  ishtirok etdishdi.

Boshqarma boshlig‘i Sh.Raxmonov jamoatchilik vakillarining fikr va mulohazalari bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 03/02/2020 20:54;   Ko‘rilganligi: 224
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-maktabgacha-talim-sohasiga-bagishlangan-yigilish-bolib-otdi-03022020-yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:58