Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida maktabgacha ta'lim sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 9 aprel kuni Bulung‘ur Pedagogika kolleji majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda,  Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov, Bulung‘ur Pedagogika kolleji direktori Yu.Jumanazarova, tumandagi barcha nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlari hamda maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov tomonidan barcha nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlariga   yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi yoshlar uchun ta'lim olish xamda malaka va tajriba oshirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirib o‘tdi.



Yig‘ilish so‘ngida Bulung‘ur tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati, olib borilayotgan islohotlar, tizimda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlariga tegishli topshiriqlar berildi .


Oxirgi o‘zgarish: 09/04/2021 19:05;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-maktabgacha-talim-sohasiga-bagishlangan-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 22:50