Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida Maktabgacha ta'lim bo‘limining an'anaviy avgust kengashi o‘tkazildi.

Joriy yilning 27 avgust kuni 1-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining "Yangi O‘zbekistonda erkin va faravon yashaylik!" shiori ostida An'anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.Kengashda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Hotamov, tuman pedagogika kolleji direktori Yu.Jumanazarova, maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda tumandagi  maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Kengashni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Hotamov tomonidan 2020-2021 o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yili rejalari, ta'lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar qamrovini oshirish to‘g‘risida ma'ruza o‘qildi. An'anaviy avgust anjumanida tizimdagi mavjud muammolar tahlil qilinib kelgusida bajariladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

2020-2021 o‘quv yilida sohada fidoyilik ko‘rsatgan pedagog-xodimlar tuman hokimi va  maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirining faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 27/08/2021 22:30;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-maktabgacha-talim-bolimining-ananaviy-avgust-kengashi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 06:39