Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana 2 taga ko‘paydi.

Joriy yilning 16 mart kuni Bulung‘ur tumanidagi “Kattaqishloq-1” MFYda 140 o‘ringa mo‘ljallangan hamda “Dehqonobod“ MFYda 120 o‘ringa mo‘ljallangan investitsiya dasturi asosida qurilgan Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 2 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman 2-sektor rahbarlari, maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri v.v.b. D.Axmedov hamda mahalla faollari ishtirok etib muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.Tadbirda bolajonlar tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.


Oxirgi o‘zgarish: 16/03/2021 20:03;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanida-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-soni-yana-2-taga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 23/04/2021 17:44