Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani “Zarafshon” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 05.02.2020yil

Joriy yilning 5 fevral kuni Bulung‘ur tumani “Zarafshon” MFYda 20-sonli  maktabgacha ta'lim tashkiloti investitsiya dasturi asosida kapital ta'mirdan o‘tkazilib, foydalanishga topshirildi.Ochilish tadbirida tuman hokimi B.Bahromov, mahalla faollari, tarbiyalanuvchi bolalarning ota onalari  va mahalla axli ishtirok etishdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar   pedagog-tarbiyachilar tomonidan o‘zbek, rus, va ingliz tillarida olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bolalarning yotoqxonalari, oshxona, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalari  davlat talablari asosida jihozlangan. Tashkilotga kiraverishdagi bolalar sport maydonchasida turli o‘yinlarga mo‘ljallangan bolalar o‘yingohi tashkil etilgan.

Yana bir narsani aytish joizki hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish, ta'mirlashda doimgidek, bir xillik asosida emas balki noan'anaviy   uslubida yondashilgan.Binoning tashqi ko‘rinishi ham turli yorqin ranglarda, musiqa zali, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar, yotoqxonalarda ranglar xilma-xilligini ko‘rish mumkin. Bular albatta bolaning aqliy-ruhiy holatiga ijobiy ta'sir qilib undagi jo‘shqinlikni oshiradi, qolaversa rivojlantiruvchi elementlar  bilan bezatilganligi tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarni tezroq shakllanishida yordam beradi.

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi natijasida tumandagi 150 nafar 3-7 yoshli bolajonlar qamrab olinib,   34  ta ish o‘rni yaratildi.


Kiritilgan vaqti: 05/02/2020 16:27;   Ko‘rilganligi: 305
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-zarafshon-mahalla-fuqarolari-yigini-hududida-20-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotining-ochilishi-marosimi-bolib-otdi-05022020yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:23