Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.29.01.2021yil

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash ezgu an'anaga aylandi. Bulung‘ur tumani 1 va 27 son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda bolajonlar tomonidan tayyorlangan she'rlar, qiziqarli sahna chiqishlari, kuy qo‘shiqlar, chiroyli ijro tilgan raqslar hammaga birdek maxzur bo‘lmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 29/01/2021 19:17;   Ko‘rilganligi: 112
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-ozbekiston-respublikasining-birinchi-prezidenti-islom-abduganievich-karimov-xotirasiga-bagishlangan-tadbirlar-bolib-otmoqda29012021yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 15:14