Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020 yil 24 yanvardagi Murojaatnomasi bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 29.01.2020 yil

Joriy yilning 29 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda, tuman maktabgacha ta'lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020 yil
24 yanvardagi Murojaatnomasi mazmun mohiyati targ‘ib qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz Murojaatnomasidan maktabgacha talim tizimi uchun kelib chiqadigan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda tumandagi barcha davlat, nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari, metodistlari, shuningdek maktabgacha ta'lim bo‘limi apparati xodimlari ishtirok etdi.


Kiritilgan vaqti: 29/01/2020 18:28;   Ko‘rilganligi: 379
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-maktabgacha-talim-bolimida-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shmmirziyoevning-ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisiga-2020-yil-24-yanvardagi-murojaatnomasi-boyicha-yigilishi-bolib-otdi-29012020-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:03