Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tumandagi MTTlarida ijro va ichki mehnat intizomiga rioya qilish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.21.02.2020yil

Joriy yilning 20 fevral kuni Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva va bo‘lim mudiri o‘rinbosari D.Axmedov bilan birgalikda tumandagi 2, 13 va 22-sonli MTTlarida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-sonli qarori, hamda  Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida MTTlarda rahbar va pedagog xodimlarning ish xujjatlarini yuritish tartibi, ijro va ichki mehnat intizomiga rioya etilishi, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limidan kelib tushayotgan xatlar, topshiriq, ko‘rsatma va murojaatlarni bajarilishi holatlari bilan tanishib chiqildi.

Shu bilan birga mazkur ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonlarining olib borilishi bilan tanishib, “G‘aroyib dunyo” mavzusidagi ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/02/2020 18:23;   Ko‘rilganligi: 237
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tomonidan-tumandagi-mttlarida-ijro-va-ichki-mehnat-intizomiga-rioya-qilish-boyicha-seminarlar-otkazildi20022020yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 15:06