Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani “Elobod” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida tumandagi eng katta davlat–xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan 200 o‘rinli “Marhabo Jo‘shqin” nomli maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkilotining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, 25.09.2019

Bulung‘ur tumani “Elobod” MFYda davlat–xususiy sherikchiligi asosida  tabdirkor Xazratov Shuxrat tomonidan 200 o‘rinli “Marhabo Jo‘shqin” nomli maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etilib, 2019 yil 25 sentyabr kuni foydalanish uchun topshirildi. Ochilish tadbirida tuman hokimi B.Bahromov, 2 sektor rahbari tuman prokurori A.Abduraxmonov, mahalla faollari va aholisi ishtirok etishdi.

    Tashkilotda bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar   pedagog-tarbiyachilar tomonidan o‘zbek, rus, va ingliz tillarida olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bolalarning yotoqxonalari, oshxona, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalari  davlat talablari asosida jihozlangan. Tashkilotga kiraverishdagi bolalar sport maydonchasida turli o‘yinlarga mo‘ljallangan bolalar o‘yingohi tashkil etilgan.

Yana bir narsani aytish joizki hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish, ta'mirlashda doimgidek, bir xillik asosida emas balki noana'naviy   uslubida yondashilgan.

Binoning tashqi ko‘rinishi ham turli yorqin ranglarda, sport zali, musiqa zali, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar, yotoqxonalarda ranglar xilma-xilligini ko‘rish mumkin. Bular albatta bolaning aqliy-ruhiy holatiga ijobiy ta'sir qilib undagi jo‘shqinlikni oshiradi, qolaversa rivojlantiruvchi elementlar  bilan bezatilganligi tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarni tezroq shakllanishida yordam beradi.

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi natijasida tumandagi 200 nafar 3-7 yoshli bolajonlar qamrab olinib,   24  ta ish o‘rni yaratildi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/09/2019 13:22;   Ko‘rilganligi: 362
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-elobod-mahalla-fuqarolari-yigini-hududida-tumandagi-eng-katta-davlatxususiy-sherikchiligi-asosida-tashkil-qilingan-200-orinli-marhabo-joshqin-nomli-maktabgacha-talim-tashkiloti-tashkilotining-ochilishi-marosimi-bolib-otdi-25092019
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 01:34