Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumani 27-monli MTTda «Jajji malikalar» mavzusida tarbiyalanuvchi qizlar va ularning onalari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. 04.03.2020 yil

Ayollarni, qizlarni bohorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Shu munosabat bilan Bulung‘ur tumani 27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida «Jajji malikalar» mavzusida tarbiyalanuvchi qizlar va ularning onalari o‘rtasida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Bayram tadbirida bir necha qiziqarli shartlar buyicha tarbiyalanuvchi qizlar va ularning onalari bellashishdi. Ishtirokchi kizlarning iktidorlariga karab «Eng bilimdon malika», «Eng mohir pazanda», «Eng jozibali raqqosa», «Eng zukko malika», «Eng sarishta malika» yo‘nalishidagi g‘oliblar aniqlandi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchi kizlar tomonidan ijro etilgan kuy  va raqslar xammaga manzur bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2020 18:30;   Ko‘rilganligi: 534
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumani-27-monli-mttda-jajji-malikalar-mavzusida-tarbiyalanuvchi-qizlar-va-ularning-onalari-ishtirokida-bayram-tadbiri-otkazildi-04032020-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 22:32