Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tumanda maktabgacha ta'lim sohasi xodimlari uchun “Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 may kuni tumandagi 9-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta'lim sohasi xodimlari uchun “Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sohasida “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur memorandumga muvofiq tuzilgan kelishuvlar, shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021-yil 30-martdagi 04-02/4-232-sonli xati ijrosini ta'minlash, hamda Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining 2021-yil 24-martdagi 164/4-sonli xatiga asosan Bulung‘ur tumandagi maktabgacha ta'lim sohasi xodimlari uchun “Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Reja-grafigiga asosan seminar mazmunli va sifatli tashkillashtirilib, seminar o‘tkazilgan zalni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter va videoproyektor bilan jihozlagan holda maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Ushbu seminarga davlat xizmatlari markazining tajribali mutaxassislari jalb etildi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirigan savollariga javob topishdi. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan Open Emis dasturidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ularning xolati, uchrayotgan kamchiliklar, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar berildi. Xar bir maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari o‘zlarining amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta'minlash yuzasidan kerakli topshiriq va vazifalar belgilab olishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/05/2021 20:28;   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tumanda-maktabgacha-talim-sohasi-xodimlari-uchun-elektron-davlat-xizmatlaridan-foydalanish-tartibi-mavzusida-oquv-seminari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 02:27