Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati hamisha jahon afkor ommasining diqqat markazida bo‘lib keladi. Bu tabiiy, chunki ulug‘ bobomizday o‘zi uchungina yashamagan, Vatani-yu millati deb kuyib-yongan, qilgan ishlari o‘z zamoni emas, olis kelajak uchun ham xizmat etayotgan jahonshumul siymolar tarixda ko‘p emas. Shu ma'noda Amir Temur davri tarixini, xususan, uning Shaxsiyatini, xonadoni va farzandlari tarixini o‘rganish juda-juda muhimdir.

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda bolajonlar tomondan tayyorlangan saxna ko‘rinishlari, ijro etilgan kuy va raqslar, ayniqsa Sohibqiron Amir Temur bobomizning yoshligidan kichik saxna ko‘rinishlari xammaga manzur bo‘lmoqda. Bunday tadbirlar tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 09/04/2021 20:48;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-sohibqiron-amir-temur-tavalludining-685-yilligiga-bagishlangan-tadbirlar-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:20