Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shox va shoir Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 11.02.2021yil

Kelajagimiz sanalmish farzandlarimiz qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz, xususan, ona tilimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishda Zaxriddin Muxammad Bobur ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Joriy yilning 11 fevral kuni tumandagi 2 va 9 sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Shox va shoir” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bolalar tomondan aytilgan g‘azallar, ijro etilgan kuy va raqslar,milliy o‘yinlar, ayniqsa bolalar tomonidan Zaxriddin Muxammad Boburning yoshligidan kichik saxna ko‘rinishlari xammaga manzur bo‘ldi. Bunday tadbirlar tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xam davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 11/02/2021 13:48;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-shox-va-shoir-zaxriddin-muxammad-bobur-tavalludining-538-yilligiga-bagishlangan-tadbirlar-bolib-otmoqda-11022021yil
Chop etilgan vaqti: 04/08/2021 06:09