Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mujassamlashtirilgan ochiq mashg‘ulotlari mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘tkazildi.24.01.2020 yil

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan ta'lim tarbiya sifatini oshirish, o‘zaro malaka almashish maqsadida bo‘limi mudiri U.U.Go‘bayeva, bo‘lim o‘rinbosari D.Axmedovlar mujassamlashtirilgan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Jumladan, 1-MTTda Dilshod Axmedov "Men va mening tanam", 11-MTTda  U.U.Go‘bayeva "Hushmuomilalik madaniyati" mavzularida mujassamlashtirilgan ochiq mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulot noananaviy usulda o‘tkazildi. Mashg‘ulot barchaga manzur bo‘ldi.O‘tkazilgan mashg‘ulotlar pedagogik jamoa, tarbiyachilar va uslubchilar tomonidan taxlil etilib, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.


Kiritilgan vaqti: 24/01/2020 17:44;   Ko‘rilganligi: 716
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-mujassamlashtirilgan-ochiq-mashgulotlari-mutasaddi-rahbarlar-ishtirokida-otkazildi24012020-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 22:29