Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan «Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimidagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan yuriqnoma» bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 25.02.2020yil

Joriy yilning 25 fevral kuni maktabgacha ta'lim bo‘limi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-sonli qarorning mazmun mohiyati hamda Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimidagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan yuriqnoma»si bilan tanishtirilib o‘tildi. Shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tuzilayotgan kunlik taomnomaning SanPin talablari asosida tuzish tartib qoidalari haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilishda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva, tumandagi barcha nodavlat, oilaviy, davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari raxbarlari, maktabgacha ta'lim bo‘limi apparati xodimlari, shuningdek tarbiyalanuvchi bolalarning ota onalari  ishtirok etdishdi.


Kiritilgan vaqti: 25/02/2020 20:00;   Ko‘rilganligi: 326
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlariga-ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vazirligi-tomonidan-maktabgacha-talim-vazirligi-tizimidagi-oilaviy-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-soglom-
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 03:00