Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 1-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish” nomli seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 21 aprel kuni Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 1-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘.Meliyev, Bulung‘ur tumani hokimi o‘rinbosari B.Ilchiyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i F.Xotamov, tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok etishdi. 

Seminarni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘.Meliyev ochib berdi.Seminarda tarbiyalanuvchilar ishtirokida saxna ko‘rinishlari, raqslar va she'rlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida maktabgacha ta'lim tashkilot tarbiyachilari “Vatan” qo‘shig‘ini ijro etdilar. Seminar so‘ngida Bulung‘ur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tonmonidan bolajaonlarga esdalik sovg‘alar ulashildi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/04/2021 14:52;   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-1-son-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-favqulodda-vaziyatlarning-oldini-olish-nomli-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:51