Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman Kildon MFY hududida tashabbuskor tadbirkor Mamatqulov Jo‘rabek tomonidan tashkil etilgan 75 o‘rinli “Kildon yulduzi” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi. 25.12.2019 yil

Ochilish marosimiga tuman hokimligi, sektor rahbarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda mahalla ahli qatnashdilar.  Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotida 3 ta gurux, ya'ni kichik, o‘rta hamda maktabga tayyorlov guruxlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda bolajonlar rus, ingliz tillarini ham o‘rganishmoqda. Bundan tashqari sport to‘garaklari ham tashkil etilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 25/12/2019 12:32;   Ko‘rilganligi: 447
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-kildon-mfy-hududida-tashabbuskor-tadbirkor-mamatqulov-jorabek-tomonidan-tashkil-etilgan-75-orinli-kildon-yulduzi-nomli-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-ochildi-251222019-yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:13