Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bulung‘ur tuman 17-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari “Mental Arifmetika” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

Joriy yilning 24 iyul kuni Jizzax viloyatida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan yoshlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda Bulung‘ur tuman 17-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari Ko‘chimova Gulira'no va Zoirov Kamronlar “Mental Arifmetika” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

Musoboqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/07/2021 15:36;   Ko‘rilganligi: 71
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bulungur-tuman-17-sonli-dmtt-tarbiyalanuvchilari-mental-arifmetika-yonalishi-boyicha-otkazilgan-korik-tanlovda-faxrli-1-orinni-egallashdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:31