Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bugundan boshlab xususiy bog‘chalar o‘z faoliyatini boshladi.15.06.2020yil

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga  mufoviq  joriy yil 15 iyundan  «yashil» va «sariq» hududlarda xususiy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash, xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi, tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talablari qo‘yildi.

Respublika maxsus komissiya qaroriga muvofiq joriy yil 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda xususan Bulungur tumanidagi “Qirqshodi” MFYdagi “BOLALAKNING NAFIS IFORI” nomli xususiy MTT faoliyati barcha sanitariya-gigiyeniya normaliga rioya qilgangan xolda o‘z faoliyatini boshladi va  bundan tashqari tumandagi  “Kildon”  MFY dagi “KILDON YULDUZI” nomli xususiy , “Mexrjon” MFY “BILAG‘ON”, “Oqtepa” MFY “ZARICHKA”, “Ulug‘bek” MFY “MITTIVOY BOLAJON”,  “Elobod” MFY  “MARXABO  JO‘SHQIN” nomli DXSH va oilaviy  MTT xam faoliyatini yo‘lga qo‘yish buyicha sanitariya-gigiyeniya normaliga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimi o‘rinbosari B.Ilchiyev  va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri  U.Go‘bayevalar borib  ko‘rdi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Bundan tashkari,  tumandagi 3-7 yoshli bolalarni MTT qamrab olish  bo‘yicha  xududdagi “Saxovat”, “Erganakli” va boshqa MFY larda  bo‘sh turgan ijtimoiy soha obyektlarida MTT tashkil etish bo‘yicha mazkur obyektlarning  joyiga borib o‘rganilib,   davlat, nodavlat va oilaviy MTT ochish uchun tegishli ko‘rsatma va takiflar berishdi.


Kiritilgan vaqti: 15/06/2020 15:43;   Ko‘rilganligi: 186
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bugundan-boshlab-xususiy-bogchalar-oz-faoliyatini-boshladi15062020yil
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:59