Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bolani bog‘chaga olib kelishi va olib ketishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi kengaytirildi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, o‘zgartirish bilan tarbiyalanuvchini bog‘chaga olib kelishi va olib ketishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi kengaytirildi.

Ilgarigi tartibga ko‘ra tarbiyalanuvchining ota-onasi va uning o‘rnini bosuvchi shaxslargina bolani bog‘chaga olib kelib, undan olib ketish huquqiga ega edi. 

Ushbu toifaga endilikda ular bilan bir qatorda ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bolaning bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakil ham kiritildi.

Manba:Kun.uz

Kiritilgan vaqti: 08/08/2018 12:34;   Ko‘rilganligi: 650
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bolani-bogchaga-olib-kelishi-va-olib-ketishi-mumkin-bolgan-shaxslar-toifasi-kengaytirildi
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 03:07