Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

„Bilag'on” dagi Bilag'onlar.

             Bulung'ur tumanidagi  „ Bilag'on “  Davlat sherikchiligidagi xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshlaganiga 1 yildan oshdi. Shu vaqt mobaynida tumanda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash ishlarini „ llk qadam “ Dasturi asosida tashkil etib , o'z mavqeyiga ega bo'ldi. 

 

     

 

DXShNMTTda tajribali tarbiyachilardan  Zulfiya Xo'jamuratova , Nargiza Boyjigitovalar bolajonlarga  ta'lim- tarbiya berib kelmoqda. Yaqindagina  „ Bilag'on “ NMTT da   „ Mehrjon bayrami “  ertaligi o'tkazildi. Musiqa rahbari Eldor Babayarov , o'rta guruh tarbiyachisi Nargiza Boyjigitova va katta- tayyorlov guruhi tarbiyachisi Zulfiya Xo'jamuratovalar bayram ertaligini mazmunli , qiziqarli qilib o'tkazishda o'z mexnati va mahoratlarini ayamadilar.  „ Bilag'on “ NMTT tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tashkilot rahbari , musiqa rahbari hamda tarbiyachilardan  juda mamnun.


Oxirgi o‘zgarish: 03/11/2020 15:00;   Ko‘rilganligi: 320
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/bilagon-dagi-bilagonlar
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 21:48