Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Beixtiyor bolaligingizni sog‘inasiz...

1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tuman hokimligi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi hamkorligida tumandagi bir qancha mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar farzandlari holidan xabar olinib, bolajonlarga sovg‘a-salomlar tarqatildi. Bayram sovg‘alarini olgan bolajonlarning beg‘ubor quvonchini ko‘rgan har qanday kishi beixtiyor bolaligini sog‘inadi.

Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!


Oxirgi o‘zgarish: 03/02/2021 20:57;   Ko‘rilganligi: 314
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/beixtiyor-bolaligingizni-soginasiz
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 12:10