Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Avgust kengashi yig‘ilishlarida yangi reja va vazifalar belgilandi.

Bulung‘ur tumanidagi Pedagogika kollejida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining barcha tuman va shahar bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘ba xodimlarining 2021-2022 o‘quv yili oldidan Avgust Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yigilishda 2020-2021 yil o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqid qilindi va yangi o‘quv yilida bajariladigan ustuvor vazifalar hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalarni qamrab olish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarida ta'lim-tarbiya jarayonini “Ilm yo‘li” variativ dasturi asosida olib borish, chekka va olis, maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan hududlarda tashkil etiladigan “Mobil guruhlar” faoliyati bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 25/08/2021 14:13;   Ko‘rilganligi: 49
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/avgust-kengashi-yigilishlarida-yangi-reja-va-vazifalar-belgilandi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2021 07:27