Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 7-fevral kuni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli qarori hamda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 15 avgustdagi” Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida” 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash, ta'lim tarbiya sifatini oshirish,pedagog kadrlarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish maqsadi

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari va pedagog xodimlari uchun o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Viloyat makbgacha ta'lim boshqarma metodistlari A.Temirov , M.Shoqosimov tuman maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari hamda tarbiyachilari, oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirok etishdi. “Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak” jumladan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, tizimli rejalashtirish va muvofiqlashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tushuncha va takliflar berildi, hamda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Kiritilgan vaqti: 09/02/2019 14:09;   Ko‘rilganligi: 669
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/2019-yil-7-fevral-kuni-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tomonidan-ozbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasining-2017-yil-19-iyuldagi-528-sonli-qarori-hamda-maktabgacha-talim-vazirining-2018-yil-15-avgustdagi-davlat-maktabgacha-talim-muassasalarining-ish-hu
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 01:39