Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 22 mart kuni Bulung‘ur tumani Mehrijon MFY davlat xususiy sherikchiligi asosida 70 o‘rinli "Bilag‘on" nomli maktabgacha ta'lim muassasasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimiga Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova hamda tuman hokimligi va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Shu bilan  birga 8 nafar Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil qilgan tashabbuskor tadbirkorlarga Tuman hokimining ruxsatnomalari xam tantanali ravishda topshirildi.


Oxirgi o‘zgarish: 25/03/2019 14:14;   Ko‘rilganligi: 642
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/2019-yil-22-mart-kuni-bulungur-tumani-mehrijon-mfy-davlat-xususiy-sherikchiligi-asosida-70-orinli-bilagon-nomli-maktabgacha-talim-muassasasi-ochilish-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:30