Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 19 avgust kuni Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limini xay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari B.Il'chiyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari, pedagog xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tuman maktabgacha ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlar va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora- tadbirlar natijadorligi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.Hay'at yig‘ilishi yakunida kun tartibidagi vazifalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 20/08/2019 16:30;   Ko‘rilganligi: 303
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/2019-yil-19-avgust-kuni-bulungur-tuman-maktabgacha-talim-bolimini-xayat-yigilishi-bolib-otdi-unda-tuman-hokimi-orinbosari-bilchiev-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-ugobaeva-hamda-maktabgacha-talim-tashkilotlari-mudiralari-pedagog-xodimlari-ishtirok-e
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:56