Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 1 fevral kuni maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida "Ijodkor tarbiyachi" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Ko‘rik tanlov Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

 

8-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Davranova Madina hamda 9-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Zokirova Sevaralar o‘zlarining ijodkor tarbiyachi ekanligini namoyon qilib faol ishtirok etishdi . “Ijodkor tarbiyachi “ko‘rik tanlovida 1-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Do‘siyorova Zulfiya faxrli I-o‘rinni, 23-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Turdibekova Sojida faxrli II-o‘rinni,11-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Nurmatova Oydin  faxrli   III–o‘rinni egalladilar.

 

Tanlovda g‘olib bo‘lganlar hamda faol ishtirok etganlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi


Oxirgi o‘zgarish: 05/02/2019 07:34;   Ko‘rilganligi: 817
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/2019-yil-1-fevral-kuni-maktabgacha-talim-muassasalari-tarbiyachilari-ortasida-ijodkor-tarbiyachi-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 31/07/2021 02:54