Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2018 yil 29 sentyabr kuni “1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Bulung‘ur tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

 Ushbu tadbirga ta'lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shgan ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan pedagog xodimlar taklif etildi. Maktabgacha ta'lim sohasida ko‘p yillar davomida yosh avlodni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shgan 9-sonli MTM mudirasi Berdiyeva Lola,8-sonli MTM mudirasi Tuganova Manzura, 10-sonli MTM mudirasi Mansurova Halima,13-sonli MTM mudirasi Axrorova Rohatoylar tuman hokimligining  hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 


Kiritilgan vaqti: 02/10/2018 07:58;   Ko‘rilganligi: 686
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/2018-yil-29-sentyabr-kuni-1-oktyabr-oqituvchi-va-murabbiylar-kuni-munosabati-bilan-bulungur-tumanida-tuman-hokimligi-tashabbusi-bilan-bayram-tadbiri-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 13:28