Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

11-son maktabgacha ta'lim muassasasida seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-sonli qarori ijrosi yuzasidan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali o‘tkazish maqsadida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining metodik xizmatni muvofiqlashtirish sho‘basi tomonidan    11-son maktabgacha ta'lim muassasasida “Yozgi sog‘lomlashtirish davrida maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va bola sog‘ligi va hayotini  muxofaza qilish ” mavzusida tarbiyachilar o‘rtasida  seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  Seminar trening mashg‘ulotlarida  11-,12-,14-,23-,7-,13-,22-son maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari faol ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 14/07/2018 08:33;   Ko‘rilganligi: 706
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/11-son-maktabgacha-talim-muassasasida-seminar-trening-mashgulotlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 08/05/2021 03:58