Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1 – iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish ” kuni munosabati bilan bolajonlar uchun "Dunyo bolalar nigohida" onlayn tadbiri o‘tkazildi.1.06.2020yil.

Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan 1 – iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish ” kuni munosabati bilan ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan "Dunyo bolalar nigoxida"onlayn tadbirida, shaxar va tumanlardan 100 nafarga yaqin bolajonlar o‘z ota-onalari bilan ishtirok erishdi.

O‘tkazilgan onlayn tadbirda Bulung‘ur tumanidan 1 MTT tarbiyalanuvchisi Almurodova Sevaraxon , 7 MTT tarbiyalanuvchisi Umarov Elyorjon, 9 MTT tarbiyalanuvchisi Mamarajabova Muxlisaxon, 17 MTT tarbiyalanuvchisi Maxsudova Xadichabonu xamda 11 MTT tarbiyalanuvchilari  Erkinova Malika va Erkinova Ezozalar  o‘z ota-onalari bilan ishtirok erishdi. Tadbir boshida boshlovchi tomonidan tarbiyalanuvchilar bilan savol javob o‘tkazilib, ularning tabriklari dil izxorlari , kelajakdagi orzulari xaqida so‘raldi. So‘ngra tadbirda qatnashgan barcha tarbiyalanuvchilar ertak, she'r, topishmoqlar aytib berishdi, qo‘shiq va raqslar ijro etishdi.

O‘tkazilgan ushbu onlayn tadbir karantin sabab zerikib ketgan bolajonlarga oz bo‘lsada bayram kayfiyatini ulashishga xizmat qildi. Qolaversa, tarbiyalanuvchilar orasidan yangi iqtidorlarni aniqlashda muhim o‘rin tutdi.


Oxirgi o‘zgarish: 03/02/2021 20:55;   Ko‘rilganligi: 334
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bilan-bolajonlar-uchun-dunyo-bolalar-nigohida-onlayn-tadbiri-otkazildi1062020yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:35