Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1 - IYUN " XALKARO BOLALARNI HIMOYA QILISH" KUNI BILAN YURTIMIZDAGI BARCHA BOLALARNI TABRIKLIMIZ! 1.06.2020yil

     Mamlakatimizda ham ushbu bayram dillarda quvonch ila nishonlanadi.   O‘zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq.  Dunyoda bolajonlar kulgisiyu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

Yurtimizda o‘tayotgan sinovli bir davrda, farzandlarimizga ta'lim-tarbiya berishda uzilish bo‘lmasligi kerakligi inobatga olinib, maktabgacha yoshdagi  bolalarning bilim olishlari hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga xam masofadan ta'lim-tarbiya olishlari joriy etildi. 

Farzandlarimizga ta'lim-tarbiya berishda masofaviy ta'lim tarbiya jarayonlarini o‘zlashtirishdagi faolligi hamda tashabbuskorligi onlayn dars mashg‘ulotlarini mas'uliyat bilan bajarayotgan bir qancha maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilar va ularning ota –onalari Bulung‘ur tuman xokimligi va Bulung‘ur tuman  maktabgacha ta'lim bo‘limi  tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bulung‘ur tuman xokimligi va Bulung‘ur tuman  maktabgacha ta'lim bo‘limi  1 – iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish ” kuni bilan yurtimizdagi barcha kelajagimiz egalarini tabriklab qoladi. Dunyodagi barcha bolalar sog‘-salomat va baxtli bo‘lishsin!


Kiritilgan vaqti: 01/06/2020 16:24;   Ko‘rilganligi: 398
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/1-iyun-xalkaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-bilan-yurtimizdagi-barcha-bolalarni-tabriklimiz-1062020yil
Chop etilgan vaqti: 20/10/2021 23:39