Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1-Iyun Halqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ushbu bayram dillarda quvonch ila nishonlanadi. O‘zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Dunyoda bolajonlar kulgisiyu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi 1 – iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish ” kuni bilan yurtimizdagi barcha kelajagimiz egalarini tabriklab qoladi. Dunyodagi barcha bolalar sog‘-salomat va baxtli bo‘lishsin!


Oxirgi o‘zgarish: 01/06/2021 21:20;   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/1-iyun-halqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bilan-tumandagi-barcha-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-bayram-tadbirlari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 13/06/2021 03:32