Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1-Iyun Halqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanda“Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ham ushbu bayram dillarda quvonch ila nishonlanadi.   O‘zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq.  Dunyoda bolajonlar kulgisiyu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

Ushbu kun maktabgacha ta'lim muassasalarida  keng miqyosda nishonlanmoqda.   Tuman tadbirida ham maktabgacha ta'lim muassasalari bolajonlari faol ishtirok etishib,      barcha yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etishdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi.  Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

 


Kiritilgan vaqti: 01/06/2019 14:18;   Ko‘rilganligi: 445
 
Material manzili: http://bulungurmtb.uz/oz/news/1-iyun-halqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bilan-tumandabolalarga-bering-dunyoni-shiori-ostida-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 14:53