Xabarlar

Maktabgacha ta'lim vazirligi va tadbirkorlar o‘rtasida bitim imzolandi.

29-07-2021 10:30   24

Joriy yilning iyul oyi oxida Bulung‘ur tumanidagi Istiqlol, Kattaqishloq, Do‘stlik, Mingchinor, Niyozmat, Bog‘bon, Isori o‘roqli, Erganakli, Ulug‘bek, Esonturdi, Avliyo Parpi, Mexrjon, Yangiqo‘rg‘on, Beshqo‘ton MFYlarda tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan o‘z xonadonlarida 25 va 50 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 15 ta maktabgacha ta'lim vazirligi hamda tadbirkor o‘rtasida ikki tomonlama tuzilgan bitimlar o‘z egalariga topshirildi.

Bulung‘ur tuman 17-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari “Mental Arifmetika” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

26-07-2021 15:23   24

Joriy yilning 24 iyul kuni Jizzax viloyatida “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan yoshlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda Bulung‘ur tuman 17-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari Ko‘chimova Gulira'no va Zoirov Kamronlar “Mental Arifmetika” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

Bulung‘ur tuman Prokuraturasi xamda tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi birgaligida shaxmat-shashka sport tadbiri o‘tkazildi.

10-07-2021 08:18   16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5924-son, hamda 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 9 iyul kuni 2-sektor MFY xududida yashovchi axoli, xamda Maktabgacha ta'lim bo‘lim hodimlari va tarbiyachilari o‘rtasida shaxmat-shashka sport tadbiri o‘tkazildi.

Bulung‘ur tumanidagi 17-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

09-07-2021 21:15   17

Joriy yilning 9 iyul kuni Bulung‘ur tumanidagi 17-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Maktabgacha ta'lim vazirining “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘i asosida “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida boshqaruv hujjatlari hamda metodistlarning ish hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Bulung‘ur tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana 4 taga ko‘paydi.

22-06-2021 12:49   32

Joriy yilning 21 iyun kuni Bulung‘ur tumanining Nebo‘sa, Mingtepa va Yangiariq mahallalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi. Ushbu tashkilotlarning ochilish marosimida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi vakillari va mahalla faollari ishtirok etib muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Xotin-qizlar voleybolda bellashdi

16-06-2021 19:51   41

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida bugun bolalar va o‘smirlar sport maktabi Mingchinor filialida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman maktabgacha ta’lim bo’limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman birinchiligi o‘tkazildi.

Bulung‘ur tumanida "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha" 5 ta muhim tashabbus asosida seminar tashkil etildi.

11-06-2021 13:30   54

Joriy yilning 11 iyun kuni Bulung‘ur tumanidagi «Qo‘ng‘irot» MFYda joylashgan 26-sonli DMTTda "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha" 5 ta muhim tashabbus asosida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Azizbek Buriboyev, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri F.Xotamov, Samarqand shahridagi chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan 43-maktab bitiruvchisi Suxrob Murodov, tumandagi barcha DMTT direktorlari, hokimlik xodimlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Bulung‘ur tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

10-06-2021 22:34   63

Joriy yilning 10 iyun kuni Bulung‘ur tumanidagi 8-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste'dodli va o‘z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab quvvatlash va ularning mexnatini rag‘batlantirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Bulung‘ur tumanidagi “Qo‘ng‘irot” MFY da 26-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi.

04-06-2021 20:02   54

Joriy yilning 4 iyun kuni tumandagi “Qo‘ng‘irot” MFY da 120-o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimda tuman xokim o‘rinbosari Buriboyev Azizbek Baxranovich, maktabgacha ta'lim bo‘limi masul xodimlari, hamda mahalla faollari ishtirok etib, yangi maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Yozgi sog‘lomlashtirish davri maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish uchun eng qulay vaqtdir.

03-06-2021 09:35   106

Fasllarning ichida eng ajoyib taassurotlarga ega bo‘lgan yoz oyi bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan munosabatlarini oydinlashtirib, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini yana bir karra oshiradi. Bola organizmining jismonan sog‘lom bo‘lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharoitlardan foydalanish maqsadga muvofiq.