Xabarlar

Bulung‘ur tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi MTTlarida "Hosil bayrami" bo‘lib o‘tmoqda.12.11.2019 yil

12-11-2019 12:57   11

 Bolalar qalbiga ona-vatanga muhabbat, uning betakrorligi va muqaddasligiga ishonch, buyuk mustaqilligimizga sadoqat ruhini singdirib kelayotgan tarbiyachi-pedagoglar bugungi kunda jajji o‘g‘il-qizlarimizning tasavvurlarini jannatiy o‘lkamizning tarovatli kuz fasli, uning ziynati haqidagi ma'lumotlar bilan yanada boyitmoqda.Milliy boyligimiz bo‘lgan paxtamiz, uning yetishtirilishiyu undan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida bilib olgan bolajonlar oltin kuzning tarovati, bobodehqonu paxtakorning zahmati haqida tarbiyachilaridan qiziqarli ma'lumotlar olmoqda. Ayniqsa, bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan ertakdagi qahramonlarni aks etgan chiqishlari, kuy-qo‘shiq, raqs, she'rlari barchani xushnud etmoqda.

Joriy yilning 4 noyabr kuni Bulung‘ur tumani 9-sonli MTT binosida Bulung‘ur maktabgacha ta'lim bo‘limi va tuman MTT larning mudiralari, xo‘jalik bo‘limi raxbarlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va betalofat o‘tkazish, issiqlik tizimini muntazam ishlashini nazorat qilish, yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.04.11.2019 yil

05-11-2019 09:51   12

  Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani   2019/2020 yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4407-sonli qarori, Samarqand viloyat hokimligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 211-F sonli farmoyishi, Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasini 2019 yil 30 oktyabrdagi 01-07/20-1752-sonli hati to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda maktabgacha ta'lim  tashkilotlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik tizimini muntazam ishlashi nazorat qilish, kuz-qish mavsumi davrida sodir bo‘ladigan avariya xolatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari o‘rtasida “Ona shahrim - Samarqand” mavzusida qo‘l mehnatida yaratilgan ijod namunalari bo‘yicha ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.16.10.2019 yil

17-10-2019 08:34   40

“18 oktyabr - Samarqand shahri kuni” munosabati  bilan 2019 yil 16 oktyabr kuni  “Ona shahrim - Samarqand” mavzusida  Bulung‘ur tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari  o‘rtasida Samarqandni ulug‘lovchi mavzular asosida qo‘l mehnatida yaratilgan  ijod namunalari  bo‘yicha ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Bulung‘ur tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi va tuman davlat sanitariya va epideomologiya nazorati markazi bilan hamkorlikda tumandagi MTTmlarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va ovqatdan ommoviy zaharlanishni oldini olish bo‘yicha tuman pedagogika kollejida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

16-10-2019 15:41   38

Yig‘ilishda tumandagi MTTlarning mudiralari, hamshiralari, oshpaz hamda ho‘jalik mudirlari ishtirok etib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-sonli qarori hamda MTTlarda bajarilishi lozim bo‘lgan sanitariya talablari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikalari” kafedrasi va Bulung‘ur tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi xamkorligida “Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

11-10-2019 15:56   70

Ilmiy amaliy seminarda Bulung‘ur tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri U.Go‘bayeva so‘zga chiqib hozirgi kunda tumanimizda maktabgacha ta'lim sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi  

Shundan keyin Samarqand viloyati XTXQTMOHM  “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Qarshiyeva va M.Nigmatovalar Maktabgacha ta'lim vazirligining  2019 yil 30 sentyabridagi 155-sonli buyrug‘i bilan tarbiyachilarga “Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish”  bo‘yicha  tarbiyachilarga  tushunchalar  berib  o‘zgarishlar bilan tanishtirdi.

Seminar    davomida 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan gimnastika raqslari va milliy raqslar ijro etildi. Seminarga barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilaridan vakillar ishtirok etishdi.  

Bulung‘ur tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi hamkorligida tumandagi MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Gimnastrada" sport festivali bo‘lib o‘tdi. 09.10.2019 yil

09-10-2019 16:03   31

Joriy  yilning  9 oktyabr kuni Bulung‘ur tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi  hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi  hamkorligida  tumandagi  MTT tarbiyalanuvchilari  o‘rtasida "Gimnastrada" sport festivali bo‘lib o‘tdi. Festival yuqori saviyada ko‘tarinki  ruxda o‘tkazildi.  Festival yakunida g‘olib jamoalar  faxriy yorliq va homiylar tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Mazkur festival ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Bulung‘ur tumanida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni yana 3 taga ko‘paydi,03,10,2019

05-10-2019 13:03   42

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Bulung‘ur tumanining Beshkuvi, Xo‘jabacha va Changal-1 mahallalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar D.Kultayeva, E.Ashurov, X.Azimovalar tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etildi.

ai ia ai ai ai ai ai ia

30-09-2019 15:58   35

iivvpv

vpvpvp vpv pvp pvp vu

30-09-2019 15:57   33

vpvppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppppp pvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv pvvvvvvvvvvvvvvvvvv 

Bulung‘ur tumani “Elobod” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida tumandagi eng katta davlat–xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan 200 o‘rinli “Marhabo Jo‘shqin” nomli maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkilotining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, 25.09.2019

25-09-2019 15:48   41

Bulung‘ur tumani “Elobod” MFYda davlat–xususiy sherikchiligi asosida  tabdirkor Xazratov Shuxrat tomonidan 200 o‘rinli “Marhabo Jo‘shqin” nomli maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etilib, 2019 yil 25 sentyabr kuni foydalanish uchun topshirildi. Ochilish tadbirida tuman hokimi B.Bahromov, 2 sektor rahbari tuman prokurori A.Abduraxmonov, mahalla faollari va aholisi ishtirok etishdi.

 1 2 3 >  Last ›